Yevropa. Yana ikki chempionat bahslari davom ettiriladi

13 may 2020, 00:53
Koronavirus pandemiyasi tufayli to'xtatilgan Portugaliya chempionati bahslari 4 iyundan davom ettirilishi ma'lum qilindi.

Mart oyida to'xtatilgan Portugaliya birinchiligining 24-turidan keyin musobaqa jadvalini "Portu" boshqarmoqda (60 ochko). Ikkinchi o'rindagi "Benfika" hisobida 59 ochko bor. Uchinchi pog'onani "Braga" klubi (46 ochko) band qilgan.

Shuningdek, 23 may kuni Chexiyada ham futbol mavsumi qayta tiklanishi e'lon qilindi. Chexiya chempionatining 24 turidan so'ng musobaqa jadvalida quyidagi klublar yetakchilik qilmoqda:

1. "Slaviya" (58)

2. "Viktoriya" (50)

3. "Yablonec" (40).

Eslatib o'tamiz, 16 may kuni Germaniya Bundesligasi bahslari ham qaytadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: sport24