

Qizig'i, eng yaxshi bo'lishga da'vogarlar short-listidan faqat "Manchester Yunayted" futbolchilari joy olishgan.
Yevropa ligasining 2016-2017 yilgi mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi bo'lishga da'vogarlar:
Pol Pogba ("Manchester Yunayted")
Zlatan Ibragimovich ("Manchester Yunayted")
Genrix Mxitaryan ("Manchester Yunayted")
Yevropa ligasining o'tgan mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi nomi 25 avgust kuni e'lon qilinadi.
Eslatib o'tamiz, Joze Mourinyo boshchiligidagi "Manchester Yunayted" o'tgan mavsum EL finalida Gollandiyaning "Ayaks" klubini 2:0 hisobida mag'lub etib bosh sovringa ega chiqqan edi.




