Yevropa ligasi. Qozog'istonning "Shaxtyor" klubi keyingi bosqichda

Narzulla Saydullayev
24 iyul 2014, 21:48
Yevropa ligasi ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi javob uchrashuvida Qarag'andaning "Shaxtyor" klubi Litvaning "Atlantas" klubini qabul qildi.
Dastlabki bahsda 0:0 hisobi qayd etilgandi. Bugungi javob o'yinida esa Shavkat Salomov hamda Kamoliddin Murzoev to'p tepayotgan "Shaxtyor" yirik g'alabaga erishdi - 3:0.

Uchrashuvda Murzoev 6 daqiqa harakat qildi. Salomov esa zaxirada qoldirildi.


"Shaxtyor"ning keyingi bosqichdagi raqibi bugun bo'lib o'tadigan "Xayduk" (Xorvatiya) - "Dandolk" (Irlandiya) uchrashuvidan so'ng ma'lum bo'ladi. Bu jamoalar o'rtasidagi ilk uchrashuvda Temurxo'ja Abduxoliqov to'p tepayotgan "Xayduk" 2:0 hisobida g'alabaga erishgandi.


Yevropa ligasi

2-saralash bosqichi
Javob o'yini
Shaxtyor Qarag'anda Qozog'iston – Atlantas Litva 3:0 (0:0, 3:0)
24 iyul, 16.30, Shaxtyor
Gollar:
1:0 – 46 Topchagich, 2:0 – 61 Konysbaev, 3:0 – 90 Murtazaev.
Shaxtyor Qarag'anda – Mokin, Simchevich, Kirov, Maslo, Jidich, Pokrivach (Bayjanov, 68), Vichyus, Malyy, Finonchenko (Murtazaev, 89), Topchagich (Kamoliddin Murzoev, 84), Konisbaev.
Atlantas – Galdikas, Kazlauskas, Emelin, Gnedoyus, Krusnauskas (Baranauskas, 72), Papshis, Bartkus, Eleshyus (Maksimov, 62), Kazlauskas, Jukauskas (Rakauskas, 80), Yokshas.
Ogohlantirishlar: Jukauskas (36), Kazlauskas (53), Konysbaev (53), Gnedoyus (55), Simchevich (56), Topchagich (68).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia