Yevropa Ligasi. SSKA mehmonda “Crvena Zvezda” bilan durang o'ynadi

Aslanov Jasurbek
14 fev 2018, 00:16
Nufuzi jihatidan YCHLdan so'ng turuvchi Yevropa Ligasida 1/16 final bosqichining ilk uchrashuvlari boshlandi.

Moskvaning SSKA klubi mehmonda Belgradning “Crvena Zvezda” jamoasiga qarshi maydonga tushib, nursiz durangga imzo chekdi. O'yinda hisob ochilmadi. Endi nimchorak final taqdiri Moskvada hal bo'ladi.

Yevropa Ligasi. 1/16 final. Ilk uchrashuv

Crvena Zvezda Serbiya – SSKA Rossiya 0:0 (0:0, 0:0)

“Crvena Zvezda” – Boryan, Savich, Rodich, Stoykovich, Yovichich, Donald, Le Tallek, Krstichich, Radonich (Srnich, 78), Peshich (Rachich, 85), Ben-Nabuan.

SSKA – Akinfeev, Vasin, Berezuckiy, Fernandes, Dzagoev, Kuchaev, Natxo, Vernblum, Golovin, Vitino (Chalov, 85), Musa.

Ogohlantirishlar: Berezuckiy (20), Golovin (22).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif