Yevropa ligasi. “Atletik” mag'lubiyatdan qutulib qoldi

20 okt 2017, 01:50
Yevropa ligasining 3-turida Bilbaoning “Atletik” klubi Shvetsiyada “Estersund” jamoasi bilan durangga imzo chekdi.

Uchrashuvda garchi ispaniyaliklar hisobni ochgan bo'lishsada, keyinchalik mezbonlar ikki bor muvaffaqiyat qozonishdi. Alxaji Jero va Kyortis Edvards “Atletik” posbonini dog'da qoldira oldi. O'yin yakunlanishiga sanoqli soniyalar qolganida Uilyams ispanlarni mag'lubiyatdan saqlab qoluvchi golga mualliflik qildi.

 Yevropa ligasi.  J guruhi. 3- tur.

Zarya –Gerta 2:1

Gollar: 1:0 – Silas – 42, 1:1 – Zelke – 56, 2:1 – Svatok – 79


Estersund - Atletik B 2:2

Gollar: 0:1 – Aduris – 14, 1:1 – Djero – 52, 2:1 – Edvards – 64, 2:2 – Uilyams – 89.


 J guruhi turnir jadvali:

1. Estersund - 7 ochko;

2. Zarya - 6;

3. Atletik - 2;

4. Gerta - 1.


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia