Yevropa chempionlar ligasi. 1/8 finalga qachon qur'a tashlanadi?

Narzulla Saydullayev
7 dek 2017, 07:25
Tunda chempionlar ligasida guruh bosqichining oxirgi o'yinlari bo'lib o'tdi.

Ko'pchilikda endi bitta savol bor: Keyingi bosqichga qur'a qachon tashlanadi?

Javob: 11 dekabr kuni Shveytsariyaning Non shahrida Yevropa chempionlar ligasining 1/8 final uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

Guruh g'oliblari ikkinchi o'rinni egallagan klublarga qarshi o'ynashadi. Bitta guruhdan chiqqan va bitta davlat sharafini himoya qilayotgan klublar bu bosqichda o'zaro to'qnash kelishmaydi.

1/8 finalning dastlabki uchrashuvlari 13-14 va 20-21 fevral kunlari, javob bahslari esa 6-7 va 13-14 mart kunlari bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, bu mavsumda Chempionlar ligasi final uchrashuvi 26 may kuni Kievdagi "Olimpiyskiy" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia