Yevropa chempionati pley-off o'yinlari: raqamlar va faktlar

Aziz Tukhtamuradov
15 okt 2015, 21:00
Yevropa chempionatlari pley-off o'yinlariga oid qiziqarli faktlarni taqdim etamiz.

- Yevropa chempionatlari tarixida pley-off o'yinlari ilk bor Evro-96 saralash doirasida o'tkazilgan.

- Pley-off o'yinlarida Xorvatiya va Gollandiya terma jamoalari ikki martadan g'olib chiqishgan.

- Pley-off o'yinlaridan chiqqan Gollandiya (2004) va Portugaliya (2012) terma jamoalari yarim finalgacha yetib borishgan.

- Pley-off orqali ko'xna qita chempionatiga chiqqan 14 ta terma jamoadan 9 tasi guruh bosqichida qolib ketgan.

- Bu safargi pley-off qur'asi yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:20 da boshlanadi.



Qiziq faktlar:

- Pley-off o'yinlari tarixida 20 ta terma jamoa ishtirok etgan. Ulardan 8 tasi hech qachon yutqazmagan, 6 tasi esa hech qachon g'alaba qozona olmagan.

- Ushbu o'yinlar tarixida faqatgina Gollandiya birinchi o'yinda mag'lubiyatga uchrab, ikkinchi o'yinda g'alabani o'z tomoniga og'dira olgan (2004).

- Gollandiya terma jamoasi shuningdek, ikki marta ushbu bosqichda g'alaba qozonib, ikkalasida ham guruhdan chiqa olgan.



- Shotlandiya terma jamoasi bunday o'yinlarda ikki marotaba qatnashgan va ikkalasida ham mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.

- Ruud van Nistelroy ushbu o'yinlarda xet-trikka erishgan yagona futbolchi hisoblanadi. O'shanda Gollandiya terma jamoasi shotlandlarni 6:0 hisobida mag'lub etgandi.


- Robbi Kin va Yon Dal Tomassonlar hisobida ham ushbu bosqichda kiritilgan 3 ta gol bor.

- Quyidagi futbolchilar ushbu bosqichda 4 ta o'yin o'tkazishgan: Milenko Achimovich (Sloveniya), Mladen Dabanovich (Sloveniya), Damen Daff (Irlandiya), Barri Fergyuson (Shotlandiya), Amir Karich (Sloveniya), Miran Pavlin (Sloveniya), Stipe Pletikosa (Xorvatiya), Dario Srna (Xorvatiya) ap Zlatko Zaxovich (Sloveniya).

- Faqatgina 3 ta terma jamoa pley-off o'yinlarining ikkisida ham g'alaba qozona olgan:  Daniya (2000, Isroil ustidan), Ispaniya (2004, Norvegiya) va Chexiya (2012, Chernogoriya).


UEFA rasmiy sayti asosida tayyorlandi

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia