Evrofutbol. Hafta yakunlari. Qiziqarli va muhim kadrlar (FOTO)

Aziz Tukhtamuradov
6 apr 2015, 14:51
Ronalduning 5 ta goli, Runidan ajoyib gol va "Bavariya"ning g'alabasi. Hafta davomida Yevropa maydonlarida bo'lib o'tgan o'yinlarda kuzatilgan voqealarni suratlarda tomosha qiling!

Angliyada markaziy o'yinlardan birida "Arsenal" "Liverpul"ni 4:1 hisobida mag'lub etdi


Runi esa "Aston Villa" darvozasiga ajoyib gol kiritdi


"Stok Siti" futbolchisi Charli Adam "Chelsi"ga qarshi o'yinda Tibo Kurtua darvozasini deyarli 60 metrdan ishg'ol etdi


Miralem Pyanichning goli "Roma"ga "Napoli" ustidan g'alaba keltirdi


Moxamed Salax esa 7-o'yinda o'zining 4-golini kiritdi


Ashaddiy raqiblar o'rtasidagi o'yinda Levandovskining sobiq darvozasiga kiritgan goli "Bavariya"ning g'alabasini taminladi


"Real" "Granada" ustidan  9:1 hisobida g'alaba qozondi. Ronaldu esa raqib darvozasiga 5 ta gol kiritdi


"Barsa" ham Matening goli evaziga "Selta" maydonidan uch ochko bilan qaytmoqda


PSJ safarda "Marsel" ustidan g'alaba qozondi va chempionat peshqadamiga aylanib oldi


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru