Evro-2024. Vengriya - Shveytsariya. Prevyu

Оқил Абдубарноев
15 iyun 2024, 16:41
Evro-2024 1-turidan o'rin olgan Vengriya - Shveytsariya uchrashuviga oid ma'lumotlar bilan tanishing.

O'yin haqida nimalarni bilish lozim?

So'nggi bor raqiblar yirik turnirda 86 yil avval uchrashgan edilar - vengrlar 1938 yildagi jahon chempionatida shveytsariyaliklarni 2:0 hisobida mag'lub etgan. Shunga qaramay, so'nggi o'yinlarda Shveytsariya ustunroq ko'rinib, to'qqizta o'yindan oltitasida g'alaba qozongan. Rasmiy turnirlarda jamoalar 2018 yilgi jahon chempionati saralashidan buyon to'qnash kelmagan, o'shanda shveytsariyaliklar uyda ham, safarda ham g'alaba qozongan: 5:3 va 3:2 hisoblarida.

Vengriya qatorasiga uchinchi bor Yevropa chempionatida ishtirok etmoqda. Marko Rossi jamoasida Germaniyadagi asosiy figura 23 yoshli kapitan Dominik Soboslai bo'lishi kerak, darvozani esa doimgidek "Leyptsig" posboni Peter Gulachi qo'riqlaydi. Shveytsariyaliklarning umidi "Bayer"da ajoyib mavsum o'tkazgan Granit Jaka va Jyerdan Shakiriga bog'liq. Pleymeyker yirik turnirlarning final bosqichlarida 2014 yilgi jahon chempionatidan keyin to'qqizta gol urib, to'rtta assist bergan - bu terma jamoa golli kombinaciyalarning 46%ini tashkil qiladi.

Taxminiy tarkiblar

Vengriya: Gulachi; Lang, Orban, Salai; Bolla, Adam Nad, Shefer, Kerkez; Shallai, Soboclai; Varga

Shveytsariya: Zommer; Elvedi, Akandji, Rodriges; Vidmer, Froyler, Jaka, Ndoy; Shakiri, Amduni, Vargas

Oxirgi natijalar

Vengriya

Oxirgi natijalar (barcha turnirlar, oxirgi o'yinlar birinchi bo'lib sanab o'tilgan, G' - g'alaba, D - durang, M - mag'lubiyat): G'MG'G'G'D

Shveytsariya 

Oxirgi natijalar: DG'G'DMD

Ekspertlar fikri

Vengriyalik muxbir Endi Klark

Vengrlar so'nggi marta Yevropa chempionatida 2021 yil portugallarga yutqazgan, shundan keyin saralash bosqichini mag'lubiyatsiz o'tkazdi. Uch yil oldin Vengriya mustahkam himoyaga urg'u berar edi, ammo hozir jamoa o'zgardi. Himoya hanuz kuchli bo'lsa-da, vengrlar hujumda ancha xavfli o'ynashmoqda va ular Shallai, Soboslai va Varga kabi sifatli ijrochilarga tayana olishadi. Bugungi kunda jamoa muxlislarining o'z terma jamoasiga nisbatan ishonchli ancha yuqori.

Shveytsariyalik muxbir Anna-Sofiya Follmerxauzen

Bundan uch yil muqaddam Shveytsariya chorak finalga chiqib, turnirdagi eng yuqori natijasiga erishgan edi va hozirda ular hech bo'lmaganda shu natijani takrorlashni yoki undan ham yaxshi natijaga erishishni umid qilmoqda. Kuchli start hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi. Jamoa sardori Granit Jaka terma jamoaning bu vazifani hal qilishi uchun etarli tajriba va mahoratga ega ekanligiga ishonch bildirmoqda. Shunday bo'lsa-da, hujumchi Brel Embolo yaqinda to'liq mashg'ulotlarga kirishgani uchun Yakin jamoasida asosiy hujumchi kim bo'lishi ko'pchilik uchun qiziqarli.

Murabbiylar fikri

Vengriya terma jamoasi bosh murabbiyi Marko Rossi: "Shveytsariya Murat Yakin bilan birga ajoyib natijalarga erishdi. Ular barcha poziciyalarda yuqori darajali o'yinchilarga ega, raqib o'yinchilari top klublar va top ligalarda o'ynashadi. Shveytsariya so'nggi Yevropa chempionati va jahon chempionatlarida ishtirok etgan, shu bois bu raqibdan aniq ehtiyot bo'lish kerak. Ammo biz qiyinchiliklardan qo'rqmaymiz. Biz o'zimizga ishonamiz va har qanday raqibni mag'lub etishga qodirmiz".

Shveytsariya terma jamoasi bosh murabbiyi Murat Yakin: "Vengriya terma jamoasi juda kuchli. Oldinda bizni qiyin o'yin kutib turibdi. Biz uchun o'zimizning kuchli tomonlarimizdan foydalanish muhim, raqibga kutilmagan sovg'alar tayyorlashga umid qilamiz. Vengrlar bilan kurash olib borishga va g'alabaga erishishga harakat qilamiz. Buning uchun yaxshi futbol ko'rsatishimiz kerak, shuningdek, omad ham kerak bo'ladi. Biz o'z o'yinimizni namoyish etishimiz kerak, qanday jabhalar borasida ishlagan bo'lsak, maydonda shuni ko'rsatamiz".

Eslatib o'tamiz, "A" guruhi 1-turidan o'rin olgan Vengriya - Shveytsariya uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: УЕФА