Evro-2020 yo'llanmasini naqd qilgan navbatdagi terma jamoa ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
16 okt 2019, 01:50
Biroz oldin, Evro-2020 saralashining 8-turidan o'rin olgan Shvetsiya – Ispaniya bahsi o'z yakuniga etdi.

Qizil Furiya so'nggi daqiqalarda Rodrigoning goli evaziga mag'lubiyatdan qutulib qoldi va bahsda durang (1:1) natija qayd etildi. Qo'lga kiritilgan bir ochko esa ispanlarga qita birinchiligi yo'llanamasini muddatidan oldin taqdim qildi. 

P.S. Oldinroq, Ukraina, Belgiya, Polsha, Rossiya hamda Italiya vakillari kvalifikaciya raundini ijobiy hal etishgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia