Evra Gvardiola haqida: "Albatta, senda Xavi, Inesta, Messi bo'lsa, YCHLni yutasan"

Mirjalol Normatov
22 may 2022, 17:50
Sobiq futbolchi Patris Evra "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiolani tanqid qildi.

"Matbuot nima yozayotganini doim ham o'qimayman. Bir do'stim jo'natib qoldi: "Balki Evra ish izlayotgandir", "Barselona" bilan ularni tor-mor qilganmiz"... O'shanda "Amazon Prime"ga intervyu berganimda Gvardiolaning qo'l ostida o'ynash uchun xarakter kerak, bo'lmasa qiyin bo'lishini aytgandim holos.

Gvardiola bilan ishlagan futbolchilar bilan keyinchalik gaplashganimda ular ushbu murabbiy bilan ishlashda muammolar kelib chiqqanini aytgandi. Men hech qanday yomon gapni gapirganim yo'q, o'zim haqiqat deb bilgan gapni aytdim.

"Siti"da Gvardiolani yaxshi ko'radigan futbolchini ko'rganim yo'q. Pep daho, faqatgina oddiy inson sifatida. U bilan shaxsan tanish emasman. Gvardiolada faoliyatini yakunlagan, shunchaki o'z ishini qilib yurgan Patris Evraning kichik intervyusiga javob qaytarish uchun vaqt yo'q deb o'ylagandim. Biroz ajablandim.

O'zimga keladigan bo'lsak, menda boshqalarni ko'ra olmaslik hususiyati yo'q. Agar odamlar meni tanqid qilishsa, barchasiga tayyorman.

U Xavi, Messi va Inestasi bor jamoa bilan barchasini yutdi. Albatta, bunday tarkibi bor jamoa bilan YCHLni yutasanda. Biroq ularsiz Gvardiola bu turnirni yuta olmayapti", - dedi Evra.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal