"Everton"ni "Arsenal"ga qarshi uchrashuvga Fergyuson tayyorlaydi

19 dek 2019, 22:27
Bu haqida jamoa rasmiy sayti xabar berdi.

Dankan Fergyuson "Everton" klubi bosh murabbiyi sifatida yana bitta o'yin o'tkazadi. APL 18-turi doirasidagi "Arsenal"ga qarshi uchrashuv shotlandiyalik mutaxassis uchun jamoa boshqaruvidagi so'nggisi bo'ladi. 

Fergyuson "Everton" klubi bosh murabbiyi Marku Silva iste'foga chiqarilgach, vaqtinchalik muddatga jamoa boshqaruvini qabul qilib olgandi. Uning qo'l ostidagi "Everton" kecha Angliya liga kubogi 1/4 finalida Brendon Rojers boshchiligidagi "Lester"ga imkoniyatni boy berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: evertonfc.com