"Everton" yana bir kolumbiyalik futbolchini xarid qilishi mumkin

28 okt 2020, 00:17
"Tottenxem" markaziy himoyachisi Davinson Sanches "Everton" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. Bu haqda Don Balon nashri xabar tarqatdi.

Takidlanishicha, jamoa yetakchilaridan biri kolumbiyalik Xames Rodriges "Everton" rahbariyatiga hamyurtini sotib olishni taklif qilgan.

Davinsonning "shporlar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Don Balon