Everton, Verder va Ayaks Uorisga qiziqmoqda

Aziz Tukhtamuradov
27 mar 2014
Ayni paytda Fransiyaning Valansene safida ijara asosida to'p surayotgan, huquqiy jihatdan Moskvaning Spartak jamasiga tegishli bo'lgan futbolchi Abdul Uoris bir qancha Yevropa jamoalari qiziqish doirasida.

Gana terma jamoasining 22 yoshli futbolchisiga Everton, Verder va Ayaks jamoalari qiziqyapti, deya xabar tarqatgan Mercato 365.

Uorisning ruslar bilan shartnomasi 2017 yilda o'z yakuniga etadi.

Futbolchi ushbu mavsumda Fransiya chempionatida 11 ta o'inda maydonga tushgan. Uning hisobida 8 ta gol va 3 ta golli uzatma mavjud.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru