"Everton" Pikford bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Alisher
20 avg 2022, 12:17
"Everton" bosh murabbiyi Frenk Lempard klub darvozabon Jordan Pikford bilan shartnomani uzaytirishni xohlayotganini aytdi.

"Klub Jordan bilan muzokaralar olib bormoqda. U biz uchun muhim o'yinchi. Barcha uning qolishini xohlaydi va Jordan bu yerda juda ham baxtli", - deydi Lempard.

Pikford 2017 yilning yozidan beri "Everton"da o'ynaydi. 28 yoshli Angliya terma jamoasi darvozaboni o'tgan mavsum APL doirasidagi 35ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 58ta to'p olib chiqdi va 7ta "quruq" o'yin o'tkazdi.

Uning klub bilan amaldagi kelishuvi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: evertonfc.com