"Everton" mehmondagi uchrashuvlarda foydalanadigan formasini taqdim etdi (foto)
Aslanov Jasurbek
11 iyul 2017, 14:27
So'nggi paytlarda shov-shuvli transferlar amalga oshirayotgan "Everton" klubi yangi mavsum uchun mehmon formasini taqdim etdi.
Bu haqda Liverpul shahri klubi rasmiy sayti e'lon qildi.
Yangi mavsum uchun chiqarilgan formalar UMBRO kompaniyasi tomonidan tayyorlangan. "Everton" avgustdan boshlanadigan Premer-liganing mehmon bahslarida oq rangli formalardan foydalanadi.