"Everton" futbolchisiga Qatar klublari qiziqayotgan edi, ammo...

Alisher
24 sen 2019, 10:23
"Everton" hujumchisi Jenk Tosun Qatar klublari taklifini rad etdi.

28 yoshli Turkiya terma jamoasi futbolchisi mersisaydliklar asosiy tarkibiga kira olmayapti, ammo uning xotini Yaqin Sharqqa ko'chib o'tishni xohlamoqda.

Tosun "Everton"da asosiy tarkib uchun kurashishga tayyor, ammo u yanvarda jamoadan ketish ehtimoli ham yo'q emas.

Futbolchining "Everton" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yil iyunga qadar mo'ljallangan.

Tosun "Everton"dan tashqari "Ayntraxt", "Gaziantepspor" va "Beshiktosh" klublarida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Milliyet