Eto'O uchun kim eng zo'ri? Gvardiola, Mourinyo emas umuman boshqa inson

Mirjalol Normatov
13 okt 2019, 16:57
Samyuel Eto'O futbol tarixidagi ikki mashhur murabbiy Pep Gvardiola va Joze Mourinyo o'rtasidagi farq haqida gapirdi.

"Gvardiola qo'l ostida men futbol o'ynashni o'rganganman. U o'z qo'l ostidagi futbolchilarga doimo dunyoning eng yaxshilari deb qaragan. Ammo u doimo muhim o'yinlarda yutqazib qo'yadi.

Mourinyoning miyasida esa barcha unga bo'ysunishi va odatlariga toqat qilishi kerak degan fikr yotadi. Jarohatimni davolaganimdan keyin u meni bir oy zaxirada o'tirishga majbur qildi va keyinchalik u meni o'z xonasiga chaqirdi. O'shanda u barcha ishni men uchun qilayotganini, jarohatim borasida shifokorlar bilan gaplashib shu qarorga kelganini aytdi. Keyinchalik yana asosiy tarkibga qaytib, o'zimning yuqori holatimni tiklab oldim. O'shanda Mourinyo to'g'ri yo'l tutganini bildim.

Mourinyo bilan biz barcha sovrinlarni yutdik. Ammo ulardan birini tanlash? Ularning ikkisi ham ajoyib murabbiylar. Ammo, men uchun maktabdagi murabbiyim Luis eng zo'ri", - dedi Eto'O.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal