Eto′O Rim klubida o'ynashi mumkin

Narzulla Saydullayev
24 may 2018, 08:45
Konyaspor hujumchisi Samyuel Eto′O Italiyaga qaytishi mumkin.

37 yoshli futbolchi Lacio bilan muzokara o'tkazmoqa. Kamerunlik kecha klub sport direktori Igli Tare bilan 4 soat davomida suhbatlashdi.

Eto′O oldin ham Italiyada o'ynagan. 2009-2011 yillarda u Interda o'ynab, treblga erishgan. 2015 yilda Samyuel yarim yil Sampdoriyada to'p tepgan.

Bu mavsum Eto′O Konyaspor va Antalyaspor safida o'ynadi. Umumiy hisobda 28ta o'yinda 12ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football-italia.net