Eto'O: "Gvardiolaga g'alabalarni Messi emas, men keltirayotganimni aytganman"

Aslanov Jasurbek
10 apr 2019, 17:36
"Barselona" sobiq hujumchisi Samuel Eto'O Kataloniya klubi sobiq ustozi Xosep Gvardiola qo'l ostida o'ynagan paytlari haqida gapirib berdi.

"Men "Barselona"ga kelganimda Gvardiola jamoani tushunmas, futbolchilarni hayotini his qilmas edi.

Men Gvardiolaga shunday deganman: "Siz kechirim so'rashingiz kerak, chunki "Barselona"ga g'alabalarni Lionel Messi emas, men keltiryapman".

O'sha paytda vaziyat shunday edi. Messining davri keyinroq kelgan. Xavi, Inesta va boshqalardan so'ng, u paytlar mening davrim edi.

"Barselona"ga g'alabalar olib kelganman, Gvardiola esa kechirim so'rashi kerak bo'lgan" - deydi Eto'O.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: beIN Sports