Eshli Koul faoliyatini yakunlash haqida o'ylamoqda

Aziz Tukhtamuradov
22 iyun 2014, 20:58
Yaqinda erkin agentga aylanadigan 33 yoshli futbolchi Eshli Koul faoliyatini yakunlash haqida o'ylamoqda.
Futbolchiga bir qancha ingliz jamoalari tomonidan qiziqish bildirilmoqda. Lekin, u autsayder yoki o'rtamiyona jamoalarda to'p surmoqchi emas. Shu sababli Koul faoliyatini yakunlash haqida o'ylamoqda.
Eslatib o'tamiz, himoyachi 2006 yildan beri "aristokratlar" safida 229 ta o'yinda maydonga tushgan. Bungacha u "Arsenal" safida sakkizta mavsumni o'tkazgan.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net