

Championat.asia saytiga ma'lum bo'lishicha, navoiyliklar ustozi Asror Aliqulov iste'foga chiqarilgan. Katta ehtimol bilan bunga jamoaning Superligadagi qoniqarsiz natijalari sabab bo'lgan bo'lishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Asror Aliqulov joriy mavsum boshida "Qizilqum" ustoziga aylangan edi. Uning qo'l ostida jamoa 9-turdan so'ng 1ta g'alaba, 2ta durang va 5 mag'lubiyat bilan 5 ochko to'pladi. Ayni paytda esa turnir jadvalining 13-o'rinida ketmoqda.



