

Mazkur bahs gruziyalik mutaxassis uchun katta ehtimol bilan "sherlar" boshqaruvidagi so'nggisi bo'ldi, tomonlar o'zaro hamkorlik shartnomasini uzaytirishmagan. Bugun Namangandan Toshkentga qaytish vaqtida Arveladze boshchiligidagi murabbiylar shtabi jamoa a'zolari bilan xayrlashgan.
Eslatib o'tamiz, Shota Yustinovich 2017 yilning iyunida "Paxtakor"da ish boshlagan edi. Uning birinchi mavsumida klub O'zbekiston chempionatini bronza, ikkinchisida kumush medal bilan tamomlagan bo'lsa, so'nggi 2 yil davomida ichki musobaqalarda trebl va oltin dubl qayd etdi.



