Eshitdik-da! "Qizilqum" murabbiylar shtabiga ikki nafar mutaxassis kelib qo'shildi

Khoja
2 may 2023, 07:55
Birinchi davra ekvatoriga kelib "Qizilqum" jamoasi murabbiylar shtabini kuchaytirishga qaror qildi.

Championat.asia saytiga ma'lum bo'lishicha, Asror Aliqulovga endilikda tajribali mutaxassislar Jamshid Saidov va Tachmurod Agamurodovlar ham ko'maklashishadi. Turkmanistonlik murabbiy selekciya bo'yicha yordam bersa, Jamshid Saidov jismoniy tayyorgarlikka mas'ul bo'ladi. 

Agamurodov uchun Navoiy klubi begona emas. U 2020 yil ma'lum vaqt jamoani boshqargan edi. Jamshid Saidov esa so'nggi yillarda "Lokomotiv" tizimida faoliyat olib bordi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia