Eshitdik-da! "Paxtakor" Gana terma jamoasi a'zosini kuzatmoqda

Narzulla Saydullayev
28 noya 2022
"Paxtakor" yangi mavsum oldidan transferlarga jiddiy e'tibor qaratmoqchi.

championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "Paxtakor" Gana terma jamoasi a'zosini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

"Paxtakor" aynan qaysi futbolchiga e'tibor qaratgani aytilmayapti, ammo Toshkent klubining niyati jiddiy ekani ma'lum.

Klub skauti bugun Janubiy Koreya - Gana uchrashuvini stadiondan tomosha qildi, "Paxtakor" bosh murabbiyi esa Gana ishtirokidagi o'yinlarni TV orqali kuzatib bormoqda.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia