

Jamoa futbolchisi Asadbek Samariddinov tomonidan sodir etilgan qoidabuzarlik sabab bosh hakam unga qizil kartochka ko'rsatdi. Ushbu qarorga ko'ra, futbolchi o'yin qoidalarini qo'pol tarzda buzgan deb topildi va maydondan chetlatildi. Natijada "Lochin" jamoasi uchrashuvni bir kishi kam bo'lib davom ettirishga majbur bo'ldi.
E'tiborli jihati shundaki, klub matbuot xizmati bu holatni avvalroq o'tkazilgan "TerDU" – "Lochin" uchrashuvidagi vaziyat bilan taqqoslamoqda. O'sha bahsning birinchi bo'limi so'nggida (45+1-daqiqada) Jahongir Shermatovga nisbatan jiddiy qo'pollik ishlatilgan va futbolchining yuz qismiga og'ir shikast etkazilgan edi (ilova qilingan suratda jarohatning naqadar jiddiy ekanligini va futbolchining qoshi yorilganini ko'rish mumkin). Biroq o'shanda hakamlar tomonidan raqib jamoa futbolchisiga hech qanday kartochka ko'rsatilmagan.




