Eshitdik-da! "Navbahor" – "Paxtakor" uchrashuvi bosh hakami ma'lum

Sherzod Nurmatov
8 avg 2023, 12:59
10 avgust kuni Namanganda Superliganing 16-turidan o'rin olgan "Navbahor" – "Paxtakor" bahsi bo'lib o'tadi.

"Championat.asia" sayti ma'lumotiga ko'ra, mazkur bahsda Akobirxo'ja Shukurullaev boshchiligidagi hakamlar guruhi ishlashi kutilmoqda. 

Ma'lumot uchun, Shukurullaev o'tgan mavsum Superliga doirasida bu jamoalar o'rtasidagi ikkala o'yinda ham bosh hakam bo'lgandi. 2022 yil Toshkentda mezbonlar 1:0 hisobida g'alaba qozonishgan, Namanganda 1:1 hisobi qayd etilgandi.

Bu yil Shukurullaev Superligada "Paxtakor" va "Navbahor" ishtirokidagi bittadan o'yinda bosh hakam bo'ldi: "Lochinlar" o'z maydonida "Andijon"ni 1:0 hisobida taslim qilishdi, "sherlar" esa o'z uyida "Buxoro"dan ustun kelishdi – 1:0.

Bellashuv 10 avgust kuni Namangandagi "Markaziy" o'yingohida 20:00 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia