Eshitdik-da! "Navbahor" jamoasi "Paxtakor" futbolchisini o'z safiga qo'shib oldi

Tolibjon Qosimov
30 yanv 2025, 17:38
O'zbek klublari yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini davom ettirishmoqda.

"Championat.asia" olgan ma'lumotlarga ko'ra, "Navbahor" jamoasi "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi Po'latxo'ja Xoldorxonovni o'z safiga qo'shib oldi. "Lochinlar" 21 yoshli hujumchini ijaraga olishdi. Xoldorxonov bugun "Navbahor" bilan birga BAA yig'iniga uchib ketgan.

Eslatib o'tamiz, Po'latxo'ja o'tgan mavsum "Paxtakor" tarkibida barcha musobaqalarda 23 ta o'yinda maydonga tushib 4 ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia