Eshitdik-da! "Navbahor" jamoasi "Olimpik"ning bir yo'la 5 nafar futbolchisiga qiziqmoqda

Tolibjon Qosimov
13 dek 2023, 18:09
Mamlakatimizda Superliga mavsumi o'z nihoyasiga etdi va jamoalar keyingi mavsum uchun tarkibni shakllantirish jarayonini boshlab yuborishgan.

"Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, Namanganning "Navbahor" klubi "Olimpik"ning birdaniga 5 nafar o'yinchisiga qiziqish bildirmoqda. Bular: Alisher Odilov (hujumchi), Temur Mamasidiqov (vinger), Jasur Jaloliddinov (yarim himoyachi), Ibrohim Ibragimov (yarim himoyachi) va Saidazamat Mirsaidov (himoyachi). Futbolchilar bilan aloqaga chiqilgan va dastlabki muzokaralar olib borilgan. Yuqoridagi o'yinchilardan Ibragimovning transfer huquqi "Metallurg"ga tegishli.

"Navbahor" jamoasi yangi mavsumda tarkibni yoshartirishni mo'ljallagan.

Ma'lumot uchun:

Alisher Odilov 2023 yilgi mavsumda - 11ta gol + 5ta assist;

Temur Mamasiddiqov - 5ta gol + 7ta assist;

Jasur Jaloliddinov - 9ta gol + 6ta assist;

Ibrohim Ibragimov - 4ta gol;

Saidazamat Mirsaidov - 2ta gol + 2ta assist.


Eshitdik-da! Ibrohim Ibragimov uchun "Paxtakor" va "So'g'diyona" jiddiy kurashmoqda

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia