Eshitdik-da! "Navbahor" 50 ming dollarga chernogoriyalik himoyachini sotib oldi

Sherzod Nurmatov
28 yanv 2023, 18:17
Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan Namangan klubi yangi futbolchi bilan shartnoma tuzdi.

"Navbahor" 50 ming dollar evaziga Serbiyaning "Vojdovac" klubi markaziy himoyachisi Milosh Milovichni tarkibiga qo'shib oldi.

27 yoshli futbolchi bugungi kunga qadar Chernogoriya, Finlyandiya, Kosovo va Serbiya klublarida harakat qilgan.

Milovich 2020 yilning noyabrida Chernogoriya MTJ safida debyut qilgan va bu uchrashuv u uchun milliy termadagi yagona bahs bo'lib turibdi.

Avvalroq "lochinlar" matbuot xizmati legioner futbolchi jamoaga kelib qo'shilganini ma'lum qilgan edi.  

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia