Eshitdik-da! “Nasaf” klubi stadion ijarasi uchun “Mashal”dan 35 million so'm so'radi

Narzulla Saydullayev
17 iyul 2021, 17:13
Ayni vaqtda Muborakning “Mashal” futbol klubi Coca-Cola Superliga 13-turidan o'rin olgan “Surxon”ga qarshi uchrashuvni o'tkazish uchun stadion izlash ishlari bilan band.

Birinchi galda Muborak klubi “Nasaf” rahbariyatiga murojaat qildi. Ammo ma'lum bo'lishicha, “Nasaf” so'rayotgan 35 million so'm “Mashal” uchun og'irlik qiladi.

Ma'lumot uchun, “Nasaf” futbol klubi OFK kubogi guruh bosqichiga jo'nab ketishi oldidan “Mashal” qarshiliklarni qo'llab-quvvatlagan va o'zaro uchrashuvni 9 iyul sanasiga qoldirishga rozi bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia