Eshitdik-da! "Lans" markaziy himoyachisini 20 million evroga sotishni xohlamoqda

Omonjon To`xtamirzayev
9 yanv 2025
Fransiyaning "Lans" klubi yana bir yetakchisidan ayrilishi mumkin.

"Lans" klubi himoyachisi Kevin Dansoga "Fenerbaxche" 20 million evro, "Shtutgart" esa 16 million evro taklif qildi.

Avstriyalik futbolchining o'zi Bundesligaga yo'l olishni istamoqda. "Lans" esa ko'proq pul ishlab olish maqsadida uni turk klubiga sotmoqchi.

Eslatib o'tamiz, "Lans" yaqinda o'z darvozaboni Bris Sambani "Renn"ga sotdi. Abduqodir Husanov ham yanvarda klubdan kyetishi deyarli aniq.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia