

Endilikda jamoani rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskis boshqaradi. Ilhom Mo'minjonov va uning murabbiylar shtabi esa iste'foga chiqarildi.
Bizgacha yetib kelgan xabarlarga ko'ra, Ilhom Mo'minjonov tez orada "Surxon" bosh murabbiyi bo'ladi. Pro liga "A" guruhida ishtirok etayotgan "Surxon" turnir jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi. Jamoani hozircha Rufat Akramxo'jaev boshqaryapti. Endilikda Mo'minjonov "Surxon"ni boshqarishi mumkin.



