

O'tgan mavsum "Navbahor" markaziy himoyasida ajoyib o'yin ko'rsatgan Boyan Ciger O'zbekistonni tark etishi mumkin. Unga Malayziya chempionatidan yaxshi taklif bor.
28 yoshli futbolchi avvalroq saytimizga "lochinlar" bilan shartnomasi yakunlanganini bildirgan edi.
Eslatib o'tamiz, Ciger Namangan klubi tarkibiga 2021 yilning yozida kelib qo'shilgan edi. U "Navbahor" uchun 44ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 2ta gol yozdirib qo'ygan.



