Eshitdik-da! "Buxoro" "Nasaf" legionerini o'z safiga qo'shib oladi

Omonjon To`xtamirzayev
30 iyun 2023, 16:10
Birinchi davrani muvaffaqiyatsiz o'tkazayotgan "Buxoro" yozgi transferlar oynasi vaqtida tarkibga yangi futbolchilarni jalb qilish ustida ishlamoqda.

Saytimiz muxbiri Abdulaziz Iskandarovning xabar berishicha, Ulug'bek Bakaev o'z jamoasida "Nasaf"ning tojikistonlik legioneri Muhammadjon Rahimovni ko'rmoqchi. Futbolchi katta ehtimol bilan birinchi davra yakuniga etgach "Buxoro" safiga kelib qo'shiladi. 

Ma'lumot uchun, Muhammadjon Rahimov birinchi davrada "ajdarlar" tarkibida 2ta uchrashuvda 28 daqiqa harakat qildi. O'zbekiston kubogida 1ta bahsda 46 daqiqa to'p tepdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia