

Mazkur uchrashuvdan oldin mezbonlarni tashkiliy jihatdan jiddiy muammolar qiynamoqda. Xususan, klub futbolchilar oldida 3 oylik maosh (iyul, avgust, sentyabr) va 8ta mukofot pulidan qarzdor bo'lib turibdi. "Navbahor" bilan uchrashuvdan so'ng viloyat hokimi vada qilgan 15 million so'm mukofot puli ham hali berilmagan.
Bundan tashqari futbolchilarning taomlanishida ham kamchiliklar bisyor. Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra, bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov taom taminotiga o'z yonidan xarajat qilmoqda.



