Eshitdik-da: 2 oktyabr kuni navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
30 sen 2015, 11:45
Kecha O'FF saytida chiqqan xabardan so'ng, kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashish bo'limining ishi qaynagan ko'rinadi.

2 oktyabr kuni O'FF majlislar zalida oliy liga rahbarlari, murabbiylari o'rtasida yig'ilish bo'lib o'tadi. Unda yana 5 nafarga yaqin murabbiyning ishi ko'rib chiqilishi ko'zda tutilyapti. Hozircha bu ma'lumot oshkor etilmagan.

Bu yig'ilish OAV uchun ochiq bo'ladimi yoki yo'q, axborot mavjud emas.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia