Ertaga Qirg'iziston terma jamoasi OCHL-2018 g'olibi bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
16 noya 2018, 13:12
Qirg'iziston milliy terma jamoasi ayni paytda Yaponiyada bo'lib turibdi.

Ertaga, 17 noyabr kuni Aleksandr Krestinin boshchiligidagi terma jamoa 2018 yilgi Osiyo chempionlar ligasi g'olibi "Kashima Antlers" klubi bilan nazorat uchrashuvini o'tkazadi. Bu haqda Qirg'iziston FF tvittyerdagi sahifasi xabar berdi.

Ma'lumot uchun, 20 noyabr kuni Qirg'iziston Yaponiya milliy terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia