Ertaga Messi ishtirokida matbuot anjumani bo'ladi

Sherzod Nurmatov
7 avg 2021, 19:23
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 8 avgust kuni "Kamp Nou"da matbuot anjumani o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" 5 avgust kuni 34 yoshli hujumchi endi "ko'k-anorrangililar" sharafini himoya qilmasligini ma'lum qilgandi.

Messi Kataloniya klubida 18 yil harakatlandi. U "Barselona"da 10 karra Ispaniya chempioni, 7 karra Kubok egasi va Superkubok sohibi bo'ldi. Shuningdek, 4 marta Chempionlar Ligasini, 3 marta Yevropa Superkubogini va klublar o'rtasidagi JCH g'olibligini qo'lga kiritdi.

Oldinroq PSJ Messi bilan muzokaralar yakunlanganini rad etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca