Errera PSJda qolmoqchi

Alisher
15 iyul 2022, 13:44
PSJ yarim himoyachi Ander Errera Parij klubida qolish xohishini bildirdi.

"Men baxtliman va PSJda qolishni xohlayman. Futbolda hech narsani bashorat qilish mumkin emasligini bilaman, ammo xohishim klubda o'ynashda davom etish", – deydi futbolchi.

32 yoshli xavbek o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 28ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Uning parijliklar bilan shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/adriangrenier