Eronning "Zob Ohan" jamoasi "Lokomotiv"ning guruhidan o'rin oldi

Narzulla Saydullayev
30 yanv 2018, 21:23
Bugun Osiyoning 8ta shahrida Chempionlar Ligasi pley-off bahslari bo'lib o'tmoqda.

Eronning "Zob Ohan" klubi o'z uyida Hindistonning "Aizavl" jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Qiziqarli tarzda kechgan bellashuv 83-daqiqaga qadar 1:1 hisobida davom etdi. Lekin fors jamoasi yakunda raqibdan tajribaliroq ekanini namoyish eta oldi va so'nggi daqiqalarda 2ta gol kiritib, Osiyo Chempionlar Ligasi "B" guruhidan o'rin egallaydigan bo'ldi.

"Zob Ohan" - "Aizavl" 3:1
 Gollar:  
M. Rajabzoda (3), M. Tabrizi (83, 90) - A. Ionesku (21)

Ta'kidlab o'tamiz, endilikda "Lokomotiv" o'rin olgan guruhda "B" guruhida Qatarning "Al Duhail", BAAning "Al Vahda" hamda Eronning "Zob Ohan" jamoalari o'zaro bahs olib borishgadigan bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia