"Paxtakor"ning Osiyo chempionlar ligasidagi raqibi "Al Garafa" bugun Eron terma jamoasi hujumchisi Mehdi Taremi bilan shartnoma imzoladi.
Shunday qilib "Al Garafa" gollandiyalik yarim himoyachi Uesli Sneydyerdan keyin o'z tarkibini yana bir futbolchi bilan boyitib oldi. Sneyderga klub 10-raqamli libosni topshirdi. Bugun Taremi qaysi raqamda o'ynashi ma'lum bo'ladi.