Eron U20 terma jamoasi bosh murabbiyi: "Iroq o'zi yaratgan yagona vaziyatdan foydalandi va g'alaba qozondi"

Aslanov Jasurbek
11 mar 2023, 22:01
Eron U20 terma jamoasi bosh murabbiyi, Iroq terma jamosiga qarshi kechgan bahsdan so'ng, matbuot anjumanida ishtirok etib, o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

- Bugungi uchrashuv haqida fikrlaringiz?

- Biz o'yinni reja qilganimizdek o'tkaza olmadik. Iroqliklar ko'pgina kurashlarda birinchi bo'lishdi, ular bizdan ko'ra ko'proq kurashishdi. Iroq terma jamoasini g'alaba bilan tabriklayman.

- Iroq uchrashuv davomida bergan yagona zarbasidan gol urdi, bugungi uchrashuvda  iroqlik futbolchining individual mahorat sabab, jamoangiz mag'lub bo'ldimi?

- Iroq terma jamoasi bita imkoniyat yaratdi va gol urdi. Biz esa ushbu ishni bajara olmadik, o'yin so'ngida ko'p xujum qildiq, vaziyatlar yaratdik, lekin gol ura olmadik, afsuski.

- Bugungi uchrashuvda jamoangiz havfli vaziyatlar yarata olmadi va zerikarli o'yin o'tkazdi, bugungi namoyish etgan o'yinlaringiz, jahon chempionatiga yo'llanmasiga arzir edimi?

- Bugungi uchrashuv jahon chempionatiga yo'llanma bergani sabab, juda muhim edi. Shu sabab, ikkala jamoa ham tavvakal qilishni istamadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia