Eron terma jamoasi hujumchisi APLga o'tdi + FOTO

Tolibjon Qosimov
26 iyul 2018, 11:34
Gollandiyaning "Az" (Alkmaar) klubi va Eron terma jamoasi hujumchisi Alirizo Jahonbaxsh faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettiradi.

24 yoshli futbolchi "Brayton" a'zosiga aylandi. Klub transfer detallarini oshkor qilmagan, faqatgina bu xarid jamoa tarixidagi rekord ekanligi aytilgan.

Xorij OAVlarining xabar berishicha, Jahonbaxsh "chaykalar"ga 17 million funt sterling (20 mln evroga yaqin)ga tushgan.



O'tgan mavsum Alirizo Erediviziyada 21ta gol urgan va to'purar bo'lish bilan birga 12ta golli pas berib, bu borada chempionatda uchinchi bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: brightonandhovealbion.com