Parrott Irlandiya terma jamoasining noyob o'yinchisiga aylandi

Sherzod Nurmatov
17 noya 2025, 14:08
"AZ Alkmaar" hujumchisi Troy Parrott Irlandiya terma jamoasi tarixida qoladigan bo'ldi.

Hujumchi JCH-2026 saralash bosqichining so'nggi o'yinida Vengriyaga qarshi o'yinda xet-trik qayd etdi. Bu orqali u safarda xet-trikka erishgan Irlandiya termasi tarixidagi birinchi o'yinchiga aylandi.

Bundan tashqari, Parrott - Jimmi Dann (1936), Robbi Kin (2013) va Kallum Robinson (2021)dan keyin ketma-ket ikkita o'yinda ikkitadan ortiq gol urgan Irlandiyaning to'rtinchi futbolchisi.

Hujumchi hafta o'rtasida Portugaliya ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozonilgan o'yinda ikkita to'p kiritgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TSN