"Monako" niderlandiyalik forvardni sotib oldi

Sherzod Nurmatov
5 avg 2021
Fransiya klubi o'z rasmiy saytida "AZ Alkmaar" hujumchisi Miron Boaduni sotib olganini e'lon qildi.

Monegasklar o'yinchi uchun 17 million evro to'lashdi. U bilan 2026 yilning iyunigacha shartnoma tuzildi.

Boadu "AZ" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoada 88 o'yinda 38 ta gol urgan va 18 ta assist qayd etgan.

Alohida aytish lozim, forvardga "Barselona" tomonidan qiziqish bo'layotgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: asmonaco.com