

Eronning bir qator nashrlari O'zbekiston terma jamoasi hamda "Istiqlol" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov jarohati haqida turli ma'lumot tarqatmoqda. Biz futbolchi bilan bog'lanib, uning salomatligi borasida ma'lumot oldik.
Jaloliddin Masharipov: "Klubim bilan Turkiyadagi yig'inda kichik jarohat olganim rost. Vahimali hech narsa yo'q. Taxminan 10 kun davolanaman. 10-avgust kungi Eron Superkubogi uchun bahsni o'tkazib yuboraman. 19-avgust kun chempionat start oladi va xudo xohlasa 1-turda safga qaytaman. Nasib qilsa terma jamoa yig'iniga to'liq tayyor bo'laman".



