Eron futzal bo'yicha U-20 Osiyo chempionatida 3-o'rinni egalladi

Xayrulla Xoliqov
22 iyun 2019, 19:09
Eronning Tabriz shahrida bo'lib o'tayotgan futzal bo'yicha U-20 Osiyo chempionati bugun o'z nihoyasiga etadi.

Musobaqaning 3-o'rin uchun bahsi yakuniga etdi. Bunda Eron va Indoneziya futzal jamoalari o'zaro bahs olib borib, eronlik yoshlar 9:1 hisobida zafar quchishdi. Shunday qilib Eron U-20 terma jamoasi ikkinchi bor tashkil etilgan musobaqada uchinchi o'rinni egalladi. 

Sal avval Yaponiya va Afg'oniston futzalchilari o'rtasida final uchrashuvi boshlandi. O'yin yakuniga etgach kim g'olib chiqqani haqida ma'lumot beramiz. 

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com