Ermatov boshqargan o'yinda Braziliya Janubiy Koreyani mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
12 okt 2013, 18:26
Bugun Janubiy Koreya va Braziliya terma jamoalari o'zaro o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishdi.
Hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshqarib borgan o'yinda Braziliya g'alaba qozondi - 2:0. Gollarni Neymar va Oskar koreyslar darvozasiga yo'llashdi.

Janubiy Koreya – Braziliya 0:2 (0:1, 0:1)
12 oktyabr, Seoul World Cup Stadium
Gollar:
0:1 – 44 Neymar, 0:2 – 49 Oskar.
Janubiy Koreya – Chon Son Ren, Kim Yun Gvon, Kim Jin Su, Xon Jin Xo, Li, Ku Ja Chol (Son Xen Min, 65), Kim Bo Gen (Ko, 78), An Guk En, Li Chun Yun (Yun Il Lok, 86), Ki Son En, Ji Don Von (Li Gen Xo, 52).
Braziliya – Jefferson, Dani Alves, David Luiz, Dante, Marselo (Maksvell, 82), Oskar (Bernard, 79), L. Gustavo (Lukas, 69), Paulino (Ernanes, 68), Neymar, Jo, Xalk (Ramires, 46).
Ogohlantirishlar: Ki Son En (17), Li Chun Yun (78).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia