Ermatov boshqargan o'yinda “Atletiko” Hindiston chempioni bo'ldi

Narzulla Saydullayev
21 dek 2014, 09:26
Hindiston Superligasining hal qiluvchi final uchrashuvida “Kerala Blasters” hamda “Atletiko De Kalkutta” klublari to'qnash kelishdi.
Mumbay shahrida o'tkazilgan uchrashuvni o'zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib bordi.

Osiyoning besh karra eng yaxshi referisiga qanotlarda FIFA laynsmenlari Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishdi. Bu Ermatov va uning brigadasi uchun Hindiston Superligasidan tushgan ikkinchi taklif doirasidagi ikkinchi uchrashuv bo'ldi.

Ravshan Ermatov bungacha 15-25 noyabr kunlari ham Hindiston Superligasi uchrashuvlarini boshqargan edi. Hindiston chempioni nomini aniqlab bergan o'yinda birgina gol uchrashuv taqdirini hal qildi.

Voqealar rivoji qo'shimcha bo'limlarga qarab borayotgandi. Ermatov ikkinchi bo'limdagi to'xtalishlar o'rnini qoplash uchun asosiy vaqtga 3 daqiqa qo'shib berdi.

So'nggi daqiqa o'tayotganda “Kerala” tarkibida o'zgarish bo'ldi. Ermatov futbolchilarga yana bir daqiqa o'ynash imkoniyatini berdi. Aynan so'nggi daqiqada Muhammad Rafiq chexiyalik legioner Yakub Podanining burchakdan uzatib bergan to'pini darvozaga yo'llab, “Atletiko”ga chempionlikni taqdim etdi.    

KERALA BLASTERS – ATLETIKO DE KALKUTTA – 0:1 (0:0)

Gol: Muhammad Rafiq 90+5

“Atletiko” – Apoula Edel, Debnat Kingshuk, Xosemi, Amab Mondal, Sanju Pradxan, Ofentse Nato, Borxa Fernandes, Yakub Podani, Muhammad Rafi (Muhammad Rafiq, 74), Arnal Libert, Baljit Saxni.

“Kerala” – Devid Jeyms, Sandesh Jxingan, Kolin Falvey, Saumik Dey (Sushant Mettyu, 90+3), Nirmal Chetri, Mehtab Xusayn, Ahmad Ishfaq, Viktor Forkada (Penn Orji, 78), Stefan Pirson, Layn Xume, Mixael Chopra.

Ogohlantirishlar: Nirmal Chettri 26, Ofentse Nato 37, Xosemi 39, Saumik Dey 44, Borxa 57, Sandesh Jxingan 67, Muhammad Rafiq 88.

20 dekabr. Mumbay. Patil Stadium. 36.84 tomoshabin

Bosh hakam: Ravshan ERMATOV (O'zbekiston)



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com